1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“O‘zgidromet” chilla issig‘idan ogohlantirdi

Chilla bilan birga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq havo kirib kelmoqda.

“O‘zgidromet” chilla issig‘idan ogohlantirdi

 

25-29 iyun kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq havo kirib kelishi sababli maksimal havo harorati 40-42 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 43-45 darajagacha ko‘tariladi.

 

Eslatib o‘tamiz, meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari davomida eng issiq iyun oyida havo harorati ko‘pchilik viloyatlarda baʼzi joylarda 44-46° gacha, Qizilqum cho‘lida 47° gacha, respublikaning eng janubida 48-49° gacha ko‘tarilgan, deyiladi xabarda.

 

“O‘zgidromet” yozning issiq kunlarida xati-harakatlarning baʼzi asosiy qoidalari haqida eslatib o‘tgan.

 

Quyoshda uzoq vaqt qolmaslikka harakat qiling, ayniqsa kunning o‘rtasida. Agar bu ilojisi bo‘lmasa, tanani va boshni to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nurlaridan himoya qilishga harakat qiling.

 

Ko‘p suyuqlik iching, muzlatgichdan muzli ichimliklar emas, balki iliq suv yoki eng yaxshisi ko‘k choy iching.

 

Ko‘proq meva, sabzavotlarni isteʼmol qiling. Juda achchiq va yog‘li ovqatlarni isteʼmol qilmaslikka harakat qiling. Sovitish moslamalari bilan jihozlanmagan do‘konlardan mahsulotlarni xarid qilmang — ular quyoshda qancha vaqt bo‘lganini bilmaysizku.

 

Konditsionerli xonada bo‘lganingizda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri sovuq havo oqimi tagida o‘tirmang va konditsionerni 18 darajadan past bo‘lmagan haroratga «dasturlang».

 

Yurak-qon tomir kasalliklari bor insonlar dori-darmonlarni qabul qilish bo‘yicha shifokor bilan maslahatlashishlari kerak.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика