1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

“O‘zgidromet” rahbari o‘zi va xodimlariga 46 million so‘m mukofot puli yozdirdi

Holat yuzasidan Tabiat resurslari vazirligi tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlandi.

“O‘zgidromet” rahbari o‘zi va xodimlariga 46 million so‘m mukofot puli yozdirdi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zgidromet” direktori Sherzod Habibullayev o‘zini va agentlik xodimlarini 46 million so‘m miqdorida mukofot puli bilan taqdirlagani haqida maʼlumot tarqaldi. Bunga Tabiat resurslari vazirligi axborot xizmati izoh berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, hozirda Tabiat resurslari vazirligi tomonidan holat yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlandi va tegishli tartibda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

 

Shuningdek, xabarda tekshiruv natijasi bo‘yicha vazirlik tomonidan qonunga muvofiq tegishli choralar ko‘rilishi qo‘shimcha qilingan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика