1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

“O‘zgidromet” shoshilinch axborot eʼlon qildi

Mazkur xabar "Qamchiq" va "Taxtaqoracha" dovoni bilan bog‘liq.

“O‘zgidromet” shoshilinch axborot eʼlon qildi

 

O‘zgidromet”ning maʼlum qilishicha, joriy yilning 9-11 yanvar kunlari A-373 “Toshkent – O‘sh” avtoyo‘lining “Qamchiq” dovoni hududida qor yog‘ishi, vaqti–vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik, tuman kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik 50 M.gacha pasayishi, shamol tezligi 1 –20 M/s gacha kuchayishi, avtoyo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin.

 

Shuningdek, M-39 “Toshkent-Shahrisabz-Termiz” avtomobil yo‘lining Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi “Taxtaqoracha” (Kitob) dovonidan o‘tgan qismida ham qor yog‘ishi, vaqti–vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik, tuman kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik 50 M.gacha pasayishi, shamol tezligi 17–22 M/s gacha kuchayishi, avtoyo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика