4 va 7 mart kunlari havo haroratining keskin isishi ortidan 5-6 va 8-10 mart kunlari respublikaning ko‘plab hududlarida yomg‘ir, baʼzi hududlarida kuchli bo‘lishi prognoz qilinmoqda. «O‘zgidromet» bosh direktori bu to‘g‘rida maʼlumot berdi.
5-7 mart kunlari Jizzax va Navoiyda, 7 mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikami va Qashqadaryo viloyatida kuchli shamol esishi joylarda chang to‘zon ko‘tarilishi mumkin. Shamol kuchayganda 22-25 M/s ga yetadi.
5-6 va 8-10 mart kunlari tog‘ va tog‘ oldi hududlarida yog‘inlar hisobiga sel-suv toshqin xavfi eʼlon qilinmoqda.


