1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zini kasal deb aldab, odamlardan pul yig‘gan ayol ushlandi

U TikTokda kanal ochib, odamlardan davolanish uchun yordam so‘ragan.

O‘zini kasal deb aldab, odamlardan pul yig‘gan ayol ushlandi

Buxoro viloyatining Jondor tumanida yashovchi 38 yoshli ayol sog‘lom bo‘lsa-da, Tik-Tok platformasida kanal ochib, go‘yoki o‘zini jigar sirrozi va bosh miya saratoni kasalligiga chalingan qilib ko‘rsatgan. Shu tariqa davolanishi uchun katta miqdorda pul zarurligini aytib, video tasvirga olib kanaliga joylagan.

 

Aniqlanishicha, u bir fuqarodan 5 mln so‘mdan ortiq pullarni plastik kartasiga o‘tkazishga erishgan. Boshqa fuqarolar ham unga 1 mln va 1,5 mln so‘m miqdorida xayriya yordamini tashlab bergan. Firibgar pullarni o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

 

Ayolga nisbatan JKning 57-moddasiga asosan, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Holat yuzasidan sud ishi JIB Jondor tuman sudida ko‘rib chiqildi.

 

Sud hukmiga ko‘ra, N.M. JKning 168-moddasi 3-qismi bilan aybdor deb topilib, unga nisbatan besh yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика