1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

O‘zini omadsiz hisoblagan erkak joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi

Holat Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan.

O‘zini omadsiz hisoblagan erkak joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda bir yigit Chilonzor tumanidagi ko‘prikdan o‘zini tashlamoqchi bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Tarqalgan videoda yigit ko‘prikka chiqib, u yerga marker yordamida “Loser”, yaʼni omadsiz deb yozganini ham ko‘rish mumkin. Holat yuzasidan “Millar” informatsion dasturida maʼlumot berildi. 

 

Qayd etilishicha, mazkur voqeadan xabar topgan post-patrul xizmati xodimi darhol voqea joyiga yetib borgan va yigit bilan suhbatlashgan.

 

"Nima sababdan bu yerga chiqib olganini so‘ragan vaqtimda, fuqaro "jonimdan to‘ydim", deb aytdi. Fuqaroning qo‘liga qarasam qo‘lida ham "jonimdan to‘ydim", degan yozuv bor ekan", — degan xodim.

 

Shundan so‘ng, boshqa IIO xodimlari ham shu yerga kelib, fuqaroni pastga olib tushishgan.

 

Taʼkidlanishicha, JIB Chilonzor tumani sudi qarori bilan fuqaro MJtKning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan ayblanib, unga BHMning 3 baravari (1,02 mln so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика