1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti tashkil etildi

Unda 2024/2025 o‘quv yilidan dual taʼlim tizimi joriy qilinadi.

Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti tashkil etildi

 

26-yanvar kuni “Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” telegram kanalida xabar berildi.

 

Qaror bilan quyidagilar tashkil etildi:

—Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti;

—Institut huzurida Agrobiznes subyektlari salohiyatini oshirish markazi – Capacity Building Center;

—Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti huzuridagi Qo‘qon oziq-ovqat sanoati va xizmat ko‘rsatish texnikumi.

 

Institutning asosiy vazifalaridan biri oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash sohasida kichik va o‘rta biznes uchun raqobatbardosh texnologiyalar, jarayonlar va tarmoqlarni rivojlantiradigan mukammal texnologlar, yetuk kadrlar va biznes rahbarlarini tayyorlash hisoblanadi.

 

Institutda o‘qitish ingliz, rus va o‘zbek tillarida hamda kunduzgi, sirtqi va masofaviy taʼlim shakllarida amalga oshiriladi.

 

2024/2025 o‘quv yilidan Institutda bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha dual taʼlim tizimi joriy qilinadi.

 

2024 yil 1 yanvardan Institutning ilmiy salohiyatini oshirish uchun oziq-ovqat sanoati va uni qayta ishlash bo‘yicha ilmiy pedagogik kadrlar (tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc) tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

 

Shuningdek, Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar Institutga sohaga mos bo‘lgan bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali 2-kursdan to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика