1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Ta'lim

Pahlavon Mahmud nomidagi davlat stipendiyasi joriy etiladi

Prezident jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Pahlavon Mahmud nomidagi davlat stipendiyasi joriy etiladi

 

Taqdimotdan ma’lum bo‘lishicha, bugungi kunda dolzarb bo‘lmagan 5 ta bakalavriat yo‘nalishi tugatilib, 2 ta magistratura mutaxassisligi tashkil etiladi. O‘quv va mashg‘ulotlar jarayoniga federatsiyalarning tajribali mutaxassislari hamda xorijiy ekspertlar jalb qilinadi.

 

Sport sohasida faxriy unvon va toifa darajasiga ega bo‘lgan, nufuzli xalqaro musobaqalarda g‘olib bo‘lgan abituriyentlar kasbiy imtihonlarni topshirishdan ozod qilinadi. Talabalarni rag‘batlantirish uchun Pahlavon Mahmud nomidagi davlat stipendiyasi joriy etiladi. Iqtidorli bitiruvchilarga sport bo‘yicha hakam hamda ikkinchi toifali trener maqomi beriladi.

 

Ta’lim va ilm bog‘liqligini mustahkamlash uchun yagona kuzatuv kengashi tuzish rejalashtirilgan. Bu kengash sport muassasalarining boshqaruv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy faoliyatini samarali tashkil qilishga bosh-qosh bo‘ladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика