1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Parij vokzali diversiya tufayli ishlamay qoldi

Hodisa Fransiyaning sharqiy qismiga, shuningdek, Shveysariya, Germaniya, Avstriya va Lyuksemburgga sayohat qilishni rejalashtirgan ko‘plab yo‘lovchilarning rejalarini buzdi.

Parij vokzali diversiya tufayli ishlamay qoldi

 

 

 

Bu haqda Euronews maʼlum qildi.

 

Poyezdlar qatnovi Ver-syur-Marn kommunasi hududida kabelning shikastlanishi sababli to‘xtatildi. Voqea dastlab baxtsiz hodisa sifatida baholangan. Biroq keyinroq yong‘in qasddan sodir etilgani aniqlangan.

 

«SNCFning ishchi brigadalari sharqiy jarlikda 48 ta yonib ketgan kabelni topdi. Bu qasddan qilingan vandalizm harakatidir. Biz bu haqda shikoyat qildik», — dedi SNCF vakili Ann-Mari Palmye.

 

Seshanba kuni TGV tezyurar poyezdlari, TER shaharlararo elektrichkalari va Transilien mintaqalararo poyezdlari ishlamadi.

 

Hodisa Fransiyaning sharqiy qismiga, shuningdek, Shveysariya, Germaniya, Avstriya va Lyuksemburgga sayohat qilishni rejalashtirgan ko‘plab yo‘lovchilarning rejalarini buzdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика