1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Parijda Ikkinchi jahon urushidan qolgan bomba topildi

Natijada Eurostar va mahalliy poyezd qatnovlari to‘xtatilgan.

Parijda Ikkinchi jahon urushidan qolgan bomba topildi

 

Juma kuni Parijning Gare du Nord vokzali yaqinida Ikkinchi jahon urushi davridan qolgan portlamagan bomba aniqlangan. Bu hodisa tufayli Eurostar va mahalliy tezyurar poyezdlarning qatnovi to‘xtatilgan.

 

Fransiyaning milliy temir yo‘l operatori SNCF bayonotiga ko‘ra, xavfsizlik nuqtayi nazaridan poyezdlar harakati politsiya talabiga binoan vaqtincha bekor qilingan.

 

"Yo‘lovchilarga sayohatlarini keyinga qoldirish tavsiya etiladi," — deyiladi SNCF bayonotida.

 

Eurostar o‘z rasmiy veb-saytida xizmatlarda uzilishlar yuzaga kelganini ma’lum qilib, yo‘lovchilarga sayohatlarini boshqa sanaga ko‘chirishni maslahat berdi. Ushbu holat tufayli London Sent-Pankras va Parij Gare du Nord yo‘nalishidagi jami 10 ta poyezd qatnovi bekor qilindi.

 

Mahalliy ommaviy axborot vositalarining ma’lum qilishicha, bomba Parij chekkasidagi Sen-Deni hududida, temir yo‘l izlari orasida olib borilgan tungi ishlar davomida topilgan. Hozirda mutaxassislar portlovchi moddaning xavfsiz utilizatsiyasini amalga oshirmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика