1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Parijdagi portlashda 37 kishi jarohatlandi

Shuningdek, to‘rt kishining ahvoli og‘ir, vayronalar ostida yana ikki kishi qolgani aytilmoqda.

Parijdagi portlashda 37 kishi jarohatlandi

 

Parij markazidagi portlash oqibatida kamida 37 kishi jabrlandi. Yana to‘rt kishining ahvoli og‘ir, deya xabar berdi Euronews.

 

Agentlik maʼlumotlariga ko‘ra, vayronalar ostida yana ikki kishi qolgan bo‘lishi mumkin.

 

Hodisa Fransiya poytaxtining beshinchi okrugida, Lyuksemburg bog‘i va Panteon yaqinida joylashgan Parijdagi Amerika akademiyasi binosida bo‘ldi.

 

Dastlabki taxminga ko‘ra, gaz portlashi sodir bo‘lgan. Natijada shikastlangan binoning old qoplamasi yo‘lga qulab tushgan. Yaqin atrofdagi uylar aholisi evakuatsiya qilindi.

 

Voqea joyiga ikki yuzdan ortiq o‘t o‘chiruvchilar, qutqaruv xizmatlari, shuningdek, Parij meri Ann Idalgo yetib kelgan.

 

Prokuratura portlash sabablarining ikki varianti — «xavfsizlik qoidalarini buzish» va «odamlarning beparvoligi»ni tekshirmoqda. Bu haqda Parij prokurori Lor Bekyuo brifingda maʼlum qildi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика