1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Parkentdagi issiqxonalar faoliyati bo‘yicha ekologik tekshiruv o‘tkazildi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlardan so‘ng nosoz filtrlar aniqlanib, issiqxonalardan biri vaqtincha yopildi.

Parkentdagi issiqxonalar faoliyati bo‘yicha ekologik tekshiruv o‘tkazildi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Parkent tumanidagi issiqxonalar faoliyatiga oid tarqalgan xabarlar yuzasidan Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. Holat Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi hamda Toshkent viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan joyiga chiqib tekshirildi.

 

Tekshiruv davomida Parkent tumani Qayilma MFY hududida joylashgan issiqxonada murojaatda keltirilgan holatlar tasdiqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, issiqxonaning to‘rt qozonxonasida filtr uskunalari nosoz holatda ishlagan. Ishchi guruh izohiga ko‘ra, yog‘ingarchilik sabab ko‘mir urnasiga suv to‘lib, ko‘mir chala yongan va natijada filtrlarning samaradorligi yetarli bo‘lmagan.

 

Aniqlangan holat yuzasidan issiqxona rahbariga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 95-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va issiqxona faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Shuningdek, Parkent tumanidagi yana bir issiqxonada ham filtr nosozligi aniqlanib, korxona rahbari javobgarlikka tortildi hamda kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика