1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Parvoz vaqtida farzand dunyoga keldi

Vaziyat tufayli favqulodda qo‘nish talab etilmagan.

Parvoz vaqtida farzand dunyoga keldi

 

Moskvadan Tojikistonga uchayotgan yo‘lovchi o‘z farzandini parvoz vaqtida dunyoga keltirdi. Bu haqda “Ural Avialiniyasi” aviakompaniyasi xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, yo‘lovchining tug‘uruq jarayoni “Ural Avialiniyasi” aviakompaniyasining Jukovskiy-Xo‘jand” reysida amalga oshirildi.

 

Samolyot ko‘tarilgandan so‘ng yo‘lovchi qornida og‘riq sezgan va bu haqda ekipajga xabar bergan. Shundan so‘ng bort kuzatuvchi yo‘lovchilar orasidagi shifokorlarga murojaat qilgan.

 

“Mo‘jizani qarangki, bortda deyarli to‘laqonli tug‘ruqxona bor ekan: neonatolog, ikkita akusher-hamshira va hatto rentgenolog",- deyiladi xabarda.

 

Aniqlik kiritilishicha, vaziyat tufayli favqulodda qo‘nish talab etilmagan. Shunday qilib, parvoz vaqti bo‘yi 46 santimetr, vazni 2,6 kilogramm bo‘lgan sog‘lom qizaloq tug‘uruq boshlanganidan bir soat o‘tib dunyoga keldi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика