Kecha, 25 may kuni Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan o‘tirgan vertolyot shimoliy hududga jo‘nab ketish davomida favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi.
Pashinyan Gruziya bilan chegaradosh Tashir shahriga uchayotgan bo‘lgan. Yomon ob-havo sharoiti sabab vertolyot tezkor qo‘ndirilgan.
Hodisa Armaniston shimolidagi tog‘li Lori viloyatida yuz bergan. Nikol Pashinyanning vertolyoti Lori viloyatining markazi, mamlakatdagi uchinchi eng yirik shahar bo‘lgan Vanadzor yaqinida qo‘ndirilgan.
Shundan so‘ng Pashinyan o‘zining Facebook sahifasida post qoldirib, sayohatni endi mashinada davom ettirishini yozgan.


