Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov Birlashgan Arab Amirliklari fuqaroligini oldi. Bu haqda “Forbes” jurnali xabar bermoqda.
“Shunday qilib, Durov bir vaqtning o‘zida to‘rtta davlat – Rossiya, Karib dengizida joylashgan Sent-Kits va Nevis shtati, Fransiya hamda BAA fuqarosi hisoblanadi”, — deyiladi maqolada.
Qayd etilishicha, tadbirkor BAA pasportini 2021-yilning fevral oyida olgan. U sayohat va xizmat safarlari uchun BAA va Fransiya hujjatlaridan foydalanadi. Syent-Kits va Nevis fuqaroligi unga Rossiyadan ko‘chib ketganidan keyingi yillarda zarur bo‘lgan.


