2024-yilgi paxta va g‘alla hosili uchun byudjetdan 10 trillion so‘mdan ziyod imtiyozli resurs ajratildi.
Klaster, fermer va dehqonlar imtiyozli kredit olishini osonlashtirish maqsadida ochiq-oshkora platforma ishga tushdi. Lekin, 2024-yil paxtasini sotish bo‘yicha fyuchers shartnomasi tuzgan fermerlarning ma’lum qismi kreditlarni haligacha olmagan. Sababi, ayrim banklar “resurs yo‘q, garov ta’minoti kerak”, degan bahonalar bilan tayyor mablag‘ni bermayapti.
Shuningdek, sohada hisob-kitob intizomida ham kamchiliklar borligi aytildi. Masalan, klasterlarning fermerlar oldidagi qarzdorligi hali to‘liq to‘lanmagan. Yangi tizimga ko‘ra, oldingi qarzini 1 aprelgacha yopmagan klaster bilan fьyuchers shartnomasi bekor qilinadi va fermerga paxtani birjada sotishga ruxsat beriladi.
Ma’lumotni elektron platformaga to‘liq kiritgan va fьyuchers shartnoma imzolagan fermerga kredit ko‘pi bilan uch kun ichida ajratilishi shartligi ta’kidlandi.


