1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Ta'lim

Pedogoglar zaxirasini shakllantirishda elektron portal ishga tushiriladi

XTV tomonidan bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

Pedogoglar zaxirasini shakllantirishda elektron portal ishga tushiriladi

 

Xalq taʼlimi vazirligi maktab o‘qituvchilari hamda direktorlar portfoliosini yaratish, inson omili aralashmagan reytingini belgilash uchun “Maktab o‘qituvchilari va direktorlari zaxirasini shakllantirish portali” loyihasini amalga oshirmoqda.



Bu borada A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tomonidan fanlar bo‘yicha maktab o‘qituvchilari va direktorlar zaxirasini shakllantirish elektron (portal) tizimi yaratilmoqda.



Bunda xalq taʼlimi tizimida faoliyat olib borayotgan rahbar va pedagog kadrlar zaxirasi va o‘qituvchi lavozimiga talabgor kadrlar elektron portfoliosi yaratiladi.



Taʼlim tizimida fanlar, maktablar, hududlar kesimida vakant o‘rinlarining statistikasi aniqlanib, hududlar va fanlar kesimida o‘qituvchilar zaxirasi shakllantiriladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика