1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Pekindagi xorijiy elchixonalardan Ukrainani qo‘llab-quvvatlash belgilari olib tashlanmadi

Xitoy rasmiylarining murojaati Yevropa va boshqa mintaqa diplomatlarining g‘azabini keltirdi.

Pekindagi xorijiy elchixonalardan Ukrainani qo‘llab-quvvatlash belgilari olib tashlanmadi

 

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Pekindagi xalqaro tashkilotlar va xorijiy elchixonalardan o‘z binolarining fasadini “siyosiy propaganda” uchun ishlatmaslikni so‘radi. Bu haqda Yaponiyaning Kyodo agentligi Xitoy poytaxtidagi “ko‘plab diplomatik manbalarga” tayanib xabar berdi.

 

Nashrning qayd etishicha, Xitoy TIV, aftidan, Ukraina bilan birdamlik belgisi, birinchi navbatda, bayroqlar, yozuvlar va boshqa belgilarni nazarda tutgan.

 

Bundan tashqari, 10 maydagi bildirishnomada Xitoy rasmiylari elchixonalar va tashkilotlarni “davlatlar o‘rtasidagi ziddiyatlarning oldini olish” choralarini ko‘rishga chaqirgan. Hujjatda, shuningdek, elchixonalar va xalqaro tashkilotlar “Xitoy qonunlari va qoidalariga rioya qilishga majbur” ekani, Xitoy esa Diplomatik munosabatlar to‘g‘risidagi Vena konvensiya siga muvofiq ularning diplomatik immunitetini hurmat qilishi taʼkidlangan.

 

Elchixonalarning birortasi ham Ukraina bilan birdamlik belgilarini olib tashlamadi

 

Xitoy rasmiylarining murojaati Yevropa va boshqa mintaqalar diplomatlarining salbiy munosabatiga sabab bo‘ldi, ularning hech biri belgilarni olib tashlamadi, deb yozadi Kyodo. Nashrda so‘zlari keltirilgan yevropalik diplomatlardan biri Pekin pozitsiyasini tanqid qilib, muayyan davlatning o‘z pozitsiyasini bildirishiga xalaqit beradigan asoslar yo‘qligini aytdi.

 

Taʼkidlanganidek, Xitoy poytaxtidagi ko‘plab diplomatik missiyalar Rossiya bosqiniga qarshi Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun o‘z binolariga Ukraina bayrog‘i tasviri, xitoy va ingliz tillaridagi yozuvlar, xususan, #StandWithUkraine xeshtegini o‘rnatgan. Bunday belgilarni, birinchi navbatda, Kanada, Germaniya va Polsha elchixonalarida ko‘rish mumkin.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика