Kilian Mbappening ketma-ket ikkinchi penaltidan foydalana olmagani ko'pchilik muxlislarining hayratiga sabab bo'ldi. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, fransuz futbolchisi hozirgi top-futbolchilar orasida foydalana olinmagan penaltilar bo'yicha yetakchilar qatorida.
5-o'rin - Lionel Messi
Argentinalik futbolchi 155 ta penalti tepgan bo‘lsa, 21,3 foizini golga aylantira olmagan.
4-o'rin - Tomas Myuller
Nemis hujumchisi hisobida 42 ta penalti bor, futbolchi shundan 21,4 foizidan foydalana olmagan.
3-o'rin - Luka Modrich
Xorvatiyalik futbolchi 37 ta penalti tepgan bo'lsa, shundan 21,6 foizi muvaffaqiyatsiz yakunlangan.
2-o'rin - Kilian Mbappe
Fransiyalik futbolchining hisobida 60 ta penalti bor, shundan 21,7 foizi golga aylantirilmagan.
1-o'rin - Antuan Grizmann
Fransiyalik futbolchi 42 ta penalti tepgan bo‘lsa, shundan 33,3 foizidan foydalana olmagan.


