1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Pensiya tayinlashda fuqarolardan faqat pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi talab etiladi

Davlat pensiyalarini tayinlash YAMMT IDAKga kiritilgan elektron maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.

Pensiya tayinlashda fuqarolardan faqat pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi talab etiladi

 

Pensiya tayinlashda fuqarolardan faqat pasport yoki identifikatsiya ID-kartasi talab etilishini hisobga olib, fuqarolardan ish staji va ish haqi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni raqamlashtirish lozim bo‘ladi. Maʼlumotlarni raqamlashtirilganlik holatini my.mehnat.uz yoki my.gov.uz portalidan ro‘yxatdan o‘tgan holda tekshirish mumkin.

 

Vazirlik mehnat faoliyatini davom ettirayotgan va tugatayotgan fuqarolarga ham murojaat bilan chiqdi.

 

Mehnat faoliyatini davom ettirayotgan fuqarolar diqqatiga:

Agar Siz bugungi kunda mehnat faoliyatingizni davom ettirayotgan bo‘lsangiz, unda ish joyingizdagi kadrlar bo‘limiga murojaat qilishingiz va mehnat daftarchasi hamda diplom maʼlumotlaringizni “Yagona milliy mehnat tizimi” (YAMMT) idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritishni talab qilishingiz hamda to‘g‘ri kiritilganligi bo‘yicha tekshirib chiqishingiz so‘raladi.

 

Mehnat faoliyatini tugatgan fuqarolar diqqatiga:

Agar Siz bugungi kunda mehnat faoliyatingizni davom ettirmayotgan bo‘lsangiz, unda istalgan Bandlikka ko‘maklashish markazlariga murojaat qilishingiz hamda mehnat daftarchangizdagi maʼlumotlarni “Yagona milliy mehnat tizimi” (YAMMT) idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritish xizmatidan foydalanish huquqiga egasiz.

(Ushbu xizmat bepul amalga oshiriladi.)

 

"Eslatib o‘tamiz, pensiya miqdori ish staji va ish haqiga bog‘liqdir. Qo‘shimcha savollar bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi “Ishonch telefoni” 11-40 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin", — deyiladi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика