1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Pentagon Ukrainaga maʼlumot uzatishni to‘xtatdi

Bu bir yoki ikki hafta davom etishi rejalashtirilgan.

Pentagon Ukrainaga maʼlumot uzatishni to‘xtatdi

“Qo‘shma Shtatlar Mudofaa vazirligidan maʼlumotlar yetkazilishi butunlay uzildi. Asosan sunʼiy yo‘ldosh tasvirlari yetib kelmayapti. Biroq bu unchalik darajada muhim emas, chunki shunga o‘xshash tasvirlarni Yevropa sunʼiy yo‘ldoshlari orqali olish mumkin”, — deya maʼlum qildi Ukraina Bosh razvedka boshqarmasining sobiq rahbari Valeriy Kondratyuk.

 

“Ukrainada Markaziy razvedka boshqarmasining (CIA) sezilarli darajada ishtiroki bor. Ayrim CIA xodimlari Ukraina harbiy bazalarida ishlaydi va dushman nishonlarini aniqlashda yordam beradi. Ular CIA maʼlumotlar bazasiga kirish huquqiga ega va ularni ukrainaliklar bilan bo‘lishishi mumkin”, deya aniqlik kiritdi New York Times nashri.

 

Gazetaning qayd etishicha, AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi Ukrainaga kamida uchta maxfiy elektron razvedka bazasini qurishda yordam bergan. Ushbu inshootlar hozir ham faoliyat yuritmoqda va Ukraina armiyasining Qo‘shma Shtatlar razvedka maʼlumotlariga qaramligini kamaytirishga yordam bermoqda.

 

The New York Times suhbatdoshlarining aytishicha, maʼlumot yetkazib berishdagi tanaffus uzoq davom etmaydi va uning real taʼsiri minimal bo‘ladi.

 

Tramp maʼmuriyatidagi manbalardan biri dastlabki reja bo‘yicha Kiyevga razvedka maʼlumotlari berilishidagi to‘xtalish bir yoki ikki hafta davom etishi rejalashtirilganini aytgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика