1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Pep mavsumning eng yaxshi murabbiyi bo'ldi

U manchesterliklarga navbatdagi chempionlikni olib keldi.

Pep mavsumning eng yaxshi murabbiyi bo'ldi

 

Angliya Premyer Ligasi Pep Gvardiolani 2023—24-yilgi mavsumning eng yaxshi murabbiyi deb e’tirof etdi.

 

“Manchester Siti” ustozi o‘z faoliyati davomida beshinchi marta ushbu sovrinni qo‘lga kiritdi. Bundan oldi u 2017—18, 2018—19, 2020—21 va 2022—23-yilgi mavsumlarda eng yaxshi murabbiy sifatida tanlangan edi.

 

Ser Aleks Fergyuson ushbu sovringa eng ko‘p ega chiqqan murabbiy hisoblanadi. “Manchester Yunayted”ning sobiq ustozi APLda 11 bor eng yaxshi murabbiy deb topilgan.

 

Gvardiola “Manchester Siti” bilan Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi. Uning hisobida 6 ta bosh sovrin mavjud. Bu borada ham Fergyusson yetakchi. Uning hisobidagi sovrinlar soni — 13 ta.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика