Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Murom ko‘chasida qurilish vaqti O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi.
Marhum muhojir qurilish kompaniyasiga montajchi bo‘lib ishga kirgan. Qurilish maydonida ishlayotganda u tomdan yiqilib tushgan.
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, ishchida himoya vositalari bo‘lmagan. Bundan tashqari, qurilish jarayonida sug‘urta tizimi ham qo‘llanmagan.


