"Inverted Jenny" nomi bilan mashhur bo‘lgan noyob pochta markasi Nyu-Yorkdagi auksionda rekord darajadagi 2 million dollarga sotildi.
1918 yilda chop etilgan matbaa xatosi bo‘lgan g'alati markani 76 yoshli kolleksioner Charlz Xek sotib oldi, - deb yozadi The Washington Post.
Markada pochta biplani teskari ko'rsatilgan. Ushbu markalardan 100 tasi xato aniqlanmaguncha chiqarilgan va o‘shandan beri badavlat filatelistlar bir paytlar 24 sentga sotilgan markalarni katta pul evaziga qaytarib sotib olishmoqda. Charlz Xek Qo'shma Shtatlardagi filatelik noyob ovchilar orasida rekordchiga aylandi.


