Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif mamlakati vayronkor suv toshqinlaridan qattiq jabr ko‘rgani sababli xalqaro hamjamiyatdan yordam so‘radi. "Associated Press" xabariga ko‘ra, qutqaruvchilar odamlar evakuatsiya qilinishini kutayotgan ko‘plab hududlarga haligacha yetib bora olmayapti.
Shahboz Sharif xorijiy diplomatlar va turli tashkilotlar vakillari bilan uchrashdi. BMT Pokistonga yordam berish uchun 3 million dollar ajratishini aytmoqda.
Iyun oyining o‘rtalaridan beri Pokistondagi suv toshqinlari oqibatida mingdan ortiq kishi halok bo‘ldi, ularning uchdan biri bolalardir. Tabiiy ofat tufayli mamlakat hukumati favqulodda holat e'lon qilgan.
Suv oqimi oqibatida 170 mingdan ortiq uy vayron bo‘lgan, yo‘llar yuvilib ketgan, 150 ga yaqin ko‘prik qulab tushgan.


