Pokistonning ko‘plab shaharlarida odamlarni jazirama holdan toydirmoqda. Harorat selsiy bo‘yicha +40 daraja va undan yuqori. Konditsionerlar va boshqa texnikalardan haddan ziyod ko‘p foydalanish elektr ta’minotida yuklanishni oshirdi va oqibatda uzilishlar yuzaga kelgan. Aprel oyidan beri Janubiy Osiyo davlatlari g‘ayrioddiy issiqlik to‘lqinini boshdan kechirmoqda, buning natijasida ba’zi hududlarda harorat +50 ga yetgan.
Olimlar havo isishiga iqlim o‘zgarishi sabab ekanini aytmoqda. Shuningdek, ular iqlim inqirozi yanada kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik va jazirama to‘lqinlarga olib kelishi haqida ogohlantirmoqda.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti agentligi shu hafta boshida iqlim o‘zgarishining asosiy ko‘rsatkichlari, jumladan, issiqxona konsentrasiyasi va okean issiqligi 2021-yilga nisbatan yuqoriroq bo‘lganini xabar qildi.


