1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Pokistonda poyezd halokatida jabrlanganlar orasida o'zbekistonliklar yo'qligi ma'lum qilindi

Pokistonda yo'lovchi poyezdining relsdan chiqib ketishi oqibatida halok bo'lganlar soni 30 kishiga, jabrlanganlar soni esa 80 nafarga yetdi.

Pokistonda poyezd halokatida jabrlanganlar orasida o'zbekistonliklar yo'qligi ma'lum qilindi

 

Pokiston janubi-sharqida 6-avgust kuni poyezdning relsdan chiqib ketishi oqibatida kamida 30 kishi halok bo‘ldi yana kamida 80 kishi jarohatlangan deya xabar bermoqda "Anadolu".

 

Ta'kidlanishicha, Pokistonning Sind viloyatida, Navabshoh shahri yaqinida yo'lovchi poyezdining 10 ta vagoni relsdan chiqib ketgan. Hozirda voqea joyida qutqaruv guruhlari va harbiylar ishlamoqda. 

 

Tumandagi tibbiyot muassasalarida favqulodda holat e’lon qilingan. Shuningdek, ushbu yo‘nalishda poyezdlar harakati to‘xtatilgan. Poyezd halokati sabablari hozircha noma’lum.

 

Bundan tashqari, "Dunyo" AAning O‘zbekiston elchixonasi tayanib xabar berishicha, Pokistondagi temir yo‘l halokati oqibatida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar orasida O'zbekiston fuqarolari yo‘q. 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика