1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Pokistondagi ko‘mir konida kuchli portlash yuz berdi

Oqibatda 10 dan ortiq odam halok bo‘lgan.

Pokistondagi ko‘mir konida kuchli portlash yuz berdi

Pokistonning Balujiston viloyatidagi ko‘mir konida portlash yuz berdi, oqibatda 12 kishi halok bo‘ldi.

 

Portlash bir kun avval shaxtada metan to‘planishi natijasida sodir bo‘lgan. Qoyatosh qulaganda 20 nafar konchi yer ostida qolib ketgan.

 

Chorshanba kuni ertalab konda qutqaruv operatsiyasi yakunlandi. Sakkiz nafar konchi qutqarilib, kasalxonaga yotqizilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Venesuelada ochiq shaxtaning qulashi oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi. Karyerda oltin noqonuniy qazib olingan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика