Pokistonda to‘yda ishtirok etish uchun kelayotgan mehmonlar bo‘lgan qayiq cho‘kib ketdi. Kamida 20 kishi halok bo‘lgan. Ular ayollar va bolalardir. Yana 20 ga yaqini bedarak yo‘qolgan. 65 nafar yo‘lovchi qutqarib olindi. Ular orasida kuyov ham bor. Hozir qutqaruv operasiyasi davom etmoqda.
Hodisa sharqiy Panjob provinsiyasida Hind daryosi bo‘yida sodir bo‘lgan. Xabarlarga ko‘ra, qayiqda yuzga yaqin yo‘lovchilarning hammasi qarindoshlar bo‘lgan. Halikatga kemaning haddan tashqari yuklangani sabab bo‘lgan. Bortda kuyov ham bor edi. Pokistonda bunday baxsiz hodisalar ko‘p uchraydi. Odamlar va yuklar ko‘pincha mahalliy daryolar va ko‘llar bo‘ylab eskirgan yog‘och qayiqlarda tashiladi.


