Pokistonlik 30 yoshli Mustafo Shafik "miyani yeyuvchi" parazit "Naegleria Fowler" amyobasi bilan kasallanganidan keyin vafot etdi.
U yuqori isitma va bosh og'rig'i bilan shifoxonaga yotqizilgan va bir kun o'tib, vafot etgan. Bu Pokistonda ushbu parazit bilan kasallanish bo'yicha kuzatilgan birinchi holat. Ushbu infeksiya isfloslangan suv burunga kirishi tufayli odamga yuqadi. Ya'ni infeksiyani daryo, ko'l, dengiz kabi joylarda suzganda va sho'ng'ish paytida yuqtirib olish mumkin.
Mazkur kasallik juda kam uchraydi. 2018-yilga kelib butun dunyo bo'ylab 381 ta infeksiya holati ma'lum bo'lgan va u odamdan odamga yuqmaydi. Aksariyat hollarda u o'limga olib keladi.


