1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Polsha Belarus bilan chegarada yuk mashinalar harakatini vaqtincha to‘xtatdi

Transport vazirligi Yevropaga avtotransportda yuk tashuvchilarga murojaat bilan chiqdi.

Polsha Belarus bilan chegarada yuk mashinalar harakatini vaqtincha to‘xtatdi

 

O‘zbekiston Transport vazirligi Polsha Belarus bilan chegaradagi nazorat punktini vaqtincha yopgani sababli avtotransportda xalqaro yuk tashuvlari faoliyati bilan shug‘ullanuvchilarga murojaat bilan chiqdi.

 

Qayd etilishicha, Polsha Ichki ishlar vazirligining tegishli qarori bilan 21 fevraldan Belarus orqali Kukuriki-Kozlovichi chegara nazorat o‘tkazish punkti orqali barcha yuk avtotransport vositalari harakatlanishi ikki tomonlama (kirish-chiqish) vaqtincha nomaʼlum muddatga to‘xtatildi (bunda Yevropa Ittifoqiga va Yevropa erkin savdo assotsiatsiyasiga aʼzo mamlakatlarda ro‘yxatga olingan yuk avtotransport vositalari mustasno).

 

Buning oqibatida ushbu chegara nazorat o‘tkazish punktida xorijiy mamlakatlar yuk tashuvchilarining transport vositalari to‘planib qoldi. Shu munosabat bilan vazirlik milliy tashuvchilardan Yevropa mamlakatlariga yuk tashuvlarini amalga oshirish jarayonida bu holatni inobatga olishlarini so‘radi.

 

«Hozirda o‘zbek milliy tashuvchilari yuk transport vositalarining Litva chegara nazorat o‘tkazish punktlari orqali to‘siqlarsiz harakatlanishini taʼminlash yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda», — deyiladi xabarda.

 

Yevropa davlatlariga yuk tashuvlarini amalga oshirayotgan milliy tashuvchilar ushbu vaziyat yuzasidan savollar tug‘ilganda quyidagi telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin:

 

  • +998 71 202 05 01 (114);

  • +998 97 709 16 00.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика