1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Polshaga ikkinchi evakuatsiya samolyoti parvoz qildi

O‘zbek fuqarolarni Polsha chegarasiga keltirish uchun 7 ta avtobus ham ijaraga olingan.

Polshaga ikkinchi evakuatsiya samolyoti parvoz qildi

 

O‘zbekistondan Polshaga 28 fevral kun ikkinchi evakuatsiya samolyoti uchib ketdi. 

 

Xabarga ko‘ra, Polshaning Katovitse shahridagi ayeroportda Toshkentga uchish uchun 241 nafar O‘zbekiston fuqarosi ro‘yxatdan o‘tmoqda. 

Toshkentdan uchgan ikkinchi samolyot mahalliy vaqt bilan soat 17:00 (Toshkent vaqtida bilan soat 21:00) atrofida Polshaga yetib kelishi kutilmoqda.

 

O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi maʼlumotlariga ko‘ra, fuqarolarni Lvov shahridan “Krakoves” nazorat-o‘tkazish punktigacha yetkazishni tezlashtirish maqsadida 7 ta avtobus ijaraga olingan.

Shu bilan birga, O‘zbekiston fuqarolari o‘z vatanlariga jo‘nab ketishi uchun Ukrainaning Lvov shahrida qolishda davom etmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика