Portugaliyadagi o‘rmon yong‘inlari oqibatida kamida 32 kishi jabrlangani aytilmoqda. Bir yarim ming o‘t o‘chiruvchi bir necha kundan beri mamlakat markazi va shimolidagi yong‘inni o‘chirishga harakat qilmoqda.
Bir necha qishloq aholisini evakuatsiya qilishga to‘g‘ri kelgan.
Sinoptiklarning prognozlariga ko‘ra, yaqin kelajakda havo harorati + 45°C gacha ko‘tariladi, bu esa yangi yong‘inlar xavfini oshiradi.


