1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Poyabzal bilan bolalarni urgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanidagi xususiy bog‘chada tarbiyachi bolalarni oyoq kiyim bilan urayotgani aks etgan video tarqaldi.

Poyabzal bilan bolalarni urgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi

 

Joriy yilning 18-iyul kuni Yangiyo‘l tumani “Ibrat” MFYda joylashgan “Ominaxon” nomli nodavlat oilaviy MTTda tarbiyachi bo‘lib ishlovchi ayol H.A. (2002 yilda tug‘ilgan) shu bog‘chadagi ikki nafar (5-6 yoshli) o‘g‘il bolalar o‘zaro talashib, mashg‘ulotga halal bergani uchun ularni urishib, uy oyoq kiyimi bilan urgan.

 

Jarayon voqeaga guvoh bo‘lgan shaxs tomonidan tasvirga olinib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan.

 

Holat yuzasidan IIB tomonidan tarbiyachi va boshqa masʼullar bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, bolalarni sud tibbiy ekspertizasidan o‘tkazish uchun yo‘llanma berilgan. Ekspertiza xulosasi va o‘tkazilayotgan tergovga qadar tekshiruv natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi.

 

O‘rganish davomida tarbiyachi tegishli tartibda ishdan bo‘shatilib, tadbirkor ogohlantirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика