1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Poytaxt bo‘ylab harbiy dala oshxonalari tashkil etildi

Tadbir havo haroratining keskin tushib ketishi munosabati bilan Mudofaa vazirligi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Poytaxt bo‘ylab harbiy dala oshxonalari tashkil etildi

 

Mudofaa vazirligi tomonidan Toshkent shahri hududlarida harbiy dala oshxonalari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

 

Poytaxt va tuman hokimliklari bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur dala oshxonalarida fuqarolarga issiq choy va yeguliklar taklif etilmoqda.

 

Shuningdek, ular mazmunli vaqt o‘tkazishlari uchun kitoblar, ko‘ngilochar vositalar, shaxmat-shashka o‘yinlari ham tashkil etilgan.

 

Sharqiy harbiy okrug qo‘mondonligi tashabbusi bilan Namangan viloyati Chortoq tumani va Farg‘ona viloyati Kirgili, Oltiariq, Qo‘shtepa tumanlari kesimida aholiga ana shunday ko‘mak berilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика