1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Poytaxt hokimi subsidiya uchun 70 milliarddan ortiq mablag‘ ajratdi

Avvalroq bir necha yo‘nalishlar bo‘yicha pul ajratish haqida hujjat tasdiqlangandi.

Poytaxt hokimi subsidiya uchun 70 milliarddan ortiq mablag‘ ajratdi

 

Toshkent shahrida 1800 nafar daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarga mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal qismini qoplash uchun 57,6 milliard so‘m va ipoteka krediti bo‘yicha foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun 12,7 milliard so‘m, jami 70,3 milliard so‘m subsidiya ajratildi.

 

Shuningdek, Toshkent shahar hokimligiga daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolarga ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal qismini qoplash uchun 5 milliard so‘mdan ortiq pul beriladigan bo‘ldi.

 

Avvalroq bir necha yo‘nalishlar bo‘yicha 16 milliard so‘mdan ortiq pul ajratish haqida hujjat tasdiqlangandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика