1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Ta'lim

Poytaxt talabalarni "boshini silay" boshladi

Toshkentda talabalarni yotoqxonalarga joylashtirish boshlandi

Poytaxt talabalarni "boshini silay" boshladi

 

Poytaxtdagi “Tashkent indeks” savdo majmuasiga 600 dan ortiq talaba-qiz joylashtirildi. Bu haqida Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi xabar berdi.

 

Аytilishiga, Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan “Tashkent indeks” savdo majmuasida talabalar uchun yotoq joylar tayyorlandi.

 

Ayni paytda mavjud ehtiyoj uchun qariyb 3 ming o‘rinli joy hozirlangan.

 

“Talaba-qizlar va ularning yaqinlari dastlab majmuadagi shart-sharoitni ko‘zdan kechirib, yaratilgan imkoniyatdan mamnun ekanliklarini yashirishmadi”, — deyiladi xabarda.

 

Qayd etilishicha, ehtiyojdan kelib chiqib, yotoq o‘rinlarni oshirish va ularga talabalarni joylashtirish ishlari davom ettiriladi.

 

Eslatib o‘tamiz, mamlakatda mavjud 172 ta OTMda 800 ming nafar talaba tahsil olmoqda. Hozirgi kunda bitta talaba uchun turar-joy qiymati 40-50 million so‘m atrofida, yaʼni, masalan, 400 o‘rinli talabalar turar-joyi taxminan 20 mlrd so‘m atrofida bo‘ladi. Prezident topshirig‘i bilan ijara uchun 120 milliard pul ajratilgan bo‘lsa,bundan 15 milliard so‘m o‘zlashtirilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика