Bugun, 27 iyun soat 14:23 da Toshkent shahrida 110 kVli "L-DOK-1" va "L-DOK-2" yuqori kuchlanishli havo elektr uzatish tarmog‘ida nosozlik yuzaga kelgan.
Shu sababli ayni paytda Yunusobod, Olmazor Shayxontohur tumanlarining ba’zi hududlarida hamda Toshkent viloyati, Toshkent tumanining ayrim qismlari iste’molchilari elektr ta’minotidan uzilgan.
"Hududiy elektr tarmoqlari" AJga ko'ra, ayni vaqtda tezkor brigadalar tomonidan mazkur nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.


