1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jamiyat

Poytaxt vaqtincha “svet”siz qoladi

Bu haqda Energetika vazirligi maʼlum qildi.

Poytaxt vaqtincha “svet”siz qoladi

 

Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabar berishicha, bugun, 4 avgust kuni Shayxontohur, Yunusobod hamda Yashnobod tumanlaridagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi soat 10:00 dan 18:00 ga qadar vaqtinchalik o‘chirildi

 

Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasini yetkazib berilishini taʼminlash, shuningdek, elektr tarmoqlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarini oldini olish, hamda taʼmirlash ishlarini xavfsiz bajarish maqsadida:

 

Yashnobod tumanining: Shoxsanam hamda Munavvar qori ko‘chalari;

Yunusobod tumanining: Yunusobod 18-daha, Oqtepa, Yangihayot hamda Mirxodjayeva ko‘chalari;

Shayxontohur tumanining: Shofayiz, Chaman, Uyg‘ur, Ulug‘bek, Uysoz, Xushro‘y, Ziyosaid, Bekzod hamda Muqanno ko‘chalarida yashovchi aholi xonadonlari vaqtinchalik elektr energiyasiz qoldi.

"Sababi, hududlardagi quvvati HL-0,4 kV bo‘lgan past kuchlanishli havo elektr uzatish tarmoqlaridagi eski alyumin simlarni yangi zamonaviy SIP kabel tarmoqlariga almashtirish, hamda transformator punktlarida mukammal taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda. Shu sababli ushbu hududlardagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasidan vaqtinchalik uzilishlar kuzatilmoqda", - deyiladi xabarda.

 

Ayni vaqtda "Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi" AJ tasarrufidagi tuman elektr taʼminoti korxonalari tomonidan tezkorlik bilan bartaraf etish uchun barcha zarur choralar ko‘rilib, hududlarda tezkor chiqish brigadalari tomonidan taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика