1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Poytaxtda bir qator markaziy ko‘chalar yopiladi

Sammit munosabati bilan avtobus yo‘nalishlarining faoliyatiga o‘zgartirishlar kiritiladi.

Poytaxtda bir qator markaziy ko‘chalar yopiladi

 

Toshkentdagi ayrim avtobus yo‘nalishlarining faoliyatiga o‘zgartirishlar kiritiladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar qildi.

 

Qayd etilishicha, Toshkent shahrida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammitini o‘tkazish ishlari doirasida 8−10 noyabr kunlari ayrim ko‘cha yo‘l tarmoqlarida avtomobillar harakati cheklanadi. Shu sababli, avtobus yo‘nalishlarining faoliyatiga quyidagicha o‘zgartirishlar kiritiladi.

 

Islom Karimov ko‘chasining Furqat ko‘chasidan Olmazor ko‘chasigacha bo‘lgan qismi avtomobillar harakati uchun to‘liq yopilishi sababli, ushbu manzil orqali harakatlanuvchi:

 

  • 51-sonli yo‘nalish harakati I.Karimov ko‘chasidan Afrosiyob, Beshyog‘och, Furqat ko‘chalari orqali vaqtinchalik o‘zgartiriladi;
  • 141-sonli yo‘nalish harakati Qoratosh ko‘chasidan Furqat, A.Navoiy, Olmazor ko‘chalari orqali vaqtinchalik o‘zgartiriladi;
  • 196-sonli yo‘nalish harakati Afrosiyob ko‘chasidan Beshyog‘och, Furqat, A.Navoiy ko‘chalari orqali, keyingi harakati o‘z yo‘nalishi bo‘yicha tashkil etiladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика