Toshkentda 1-iyuldan boshlab tibbiy sug‘urta tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga yo‘llagan murojaatnomasida 2023-yildan boshlab Davlat tibbiy sug‘urta tizimi Toshkent shahrida, bosqichma-bosqich boshqa viloyatlarda joriy etilishini taʼkidlagandi.
«Davlat tibbiy sug‘urta tizimini Toshkent shahrida joriy qilish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Biz o‘zimizga majburiyat olgan holda Navoiy viloyatida ham tibbiy sug‘urtani yo‘lga qo‘yamiz», — degan Inoyatov.
Toshkent shahridagi 72 ta poliklinika va 40 ta shifoxonani kompyuter jihozlari, zarur tibbiy uskunalar bilan taʼminlashga 30 milliard so‘m yo‘naltiriladi. Tibbiyot muassasalari to‘liq raqamlashtirilishi hisobiga har bir bemor qachon, qayerda va qanday davolanishi haqida aniq maʼlumotga ega bo‘ladi.


