Ijtimoiy tarmoqlarda 12 sentabr kuni 24:00 dan boshlab Toshkent shahri va qo‘shni viloyatlarga kirish-chiqish yopilishi haqidagi xabarlar internetga sizdirildi.
Sh.G‘iyosov tarqalayotgan xabarlar haqiqatdan yiroq ekanini bildirdi.
«Videotasvirlarda SHHT sammiti doirasida Samarqand shahrini aylanib o‘tish yo‘llarini tushuntirish ishlari aks etgan. SHHT sammitiga doir barcha o‘zgarishlarni davlat idoralarining rasmiy manbalaridan olishingizni so‘rab qolamiz», — deyiladi xabarda.


