“O‘zsuvtaʼminot” AJ tomonidan Toshkent shahar Yakkasaroy va Sergeli tumanlaridan kesib o‘tuvchi Bobur ko‘chasidagi ko‘prikning taʼmirlanish jarayonida 2023 yil 17 aprel soat 9:00 dan 2023 yil 19 aprel soat 9:00 gacha ichimlik suv tarmog‘ini ko‘chirib o‘tkazish ishlari olib borilishi munosabati bilan 4 ta tumanda ichimlik suvi taʼminoti ikki kunga o‘chiriladi.
Shu bois «Toshkent issiqlik elektr markazi» ham uskunalarining ishlashini 2 kunga to‘xtatmoqda.
«Toshkent IEM»ga ko‘ra, poytaxtning 8 ta tumanidagi aholi ikki kunga 17 aprel soat 09:00 dan 19 aprel soat 09:00 gacha issiq suv tahminotidan uziladi.
Ichimlik suvi vaqtincha uziladigan manzillar ro‘yxati ushbu havolada.
Issiqlik suvi taʼminoti to‘xtatiladigan manzillar ro‘yxati esa mana bu yerda.


