1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Poytaxtning ayrim ko‘chalari 19 kunga yopiladi

Aholidan ushbu davrda muqobil yo‘llardan foydalanish so‘raldi.

Poytaxtning ayrim ko‘chalari 19 kunga yopiladi

Kabel tarmoqlarini o‘tkazish ishlari sababli Toshkent shahridagi Furqat va Beshyog‘och ko‘chalarining ayrim qismlari 19 kunga yopiladi. Bu haqida "Toshkent shahar elektr tarmoqlari" matbuot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, Shayxontohur tumani isteʼmolchilarini energiya resurslari bilan barqaror taʼminlashni yaxshilash maqsadida Chilonzor tumanining Beshyog‘och ko‘chasi bo‘ylab 110 kV li yuqori kuchlanishli yerosti elektr uzatish kabel tarmoqlarini o‘tkazish ishlari davom etmoqda. Mazkur ishlar maʼlum hududda yo‘l qoplamasini demontaj qilish ishlari olib borilishini taqozo qiladi.

 

Shu sababli 22 noyabr kuni soat 00:00 dan 10 dekabr kuniga qadar quyidagi hududlarda ikki tomonlama yo‘nalish barcha harakat ishtirokchilari uchun cheklanadi:

 

— Furqat ko‘chasining Beshyog‘och maydonidan Seul ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan bir tomonlama yo‘nalishi;

 

— Beshyog‘och ko‘chasining Furqat, Afrosiyob va Islom Karimov ko‘chalari kesishmalari oralig‘idagi qismida.

 

Tashkilot noqulayliklar uchun uzr so‘rab, ushbu davrda muqobil yo‘llardan foydalanishni tavsiya qildi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика