Yakkasaroy va Sergeli tumanlaridan kesib o‘tuvchi Bobur ko‘chasidagi ko‘prikning taʼmirlanishi rejalashtirilgani bois, quyidagi manzillarda 2023-yil 10-aprel soat 9:00 dan 12-aprel soat 9:00 gacha ichimlik suvi taʼminoti to‘xtatiladi.
Sergeli tumani:
Jun ariq, No‘g‘oyqo‘rg‘on, Qubaytepa, Yuqori Darxon, Qut Baraka, Sug‘diyona, Qumariq, Oltin Vodiy, Uchuvchilar, Bunyodobod mahallalarida;
Yangihayot tumani:
Viqor, Al-Farg‘oniy, Chorbog‘, Yo‘ldosh, Yangi Choshtepa, Choshtepa, Chortoq, Iqbol, Fayzli, Toshkent mahallalarida;
Yakkasaroy tumani:
Boshliq, Qushbegi mahallalarida, Boshliq 4-tor, Bobur, Nukus, A.Qaxxor ko‘chalarida;
Mirobod tumani:
Tyemiryo‘lchilar, Zaminobod, Birodarlik mahallalarida.


