1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Poytaxtning ayrim tumanlarida gaz o‘chadi

Bu haqda «Hududgaz Poytaxt» maʼlum qildi.

Poytaxtning ayrim tumanlarida gaz o‘chadi

 

Toshkentning shahri Bektemir tumanidagi Billur ko‘chasida joylashgan ayrim turar joy binolari va ulgurji tashkilotlarida gaz taʼminoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda «Hududgaz Poytaxt» xabar berdi.

 

Xabarga ko‘ra, mazkur ko‘chada joylashgan gaz quvurida taʼmirlash ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli 2022 yil 29 sentyabr kuni soat 10:00 dan soat 17:00 ga qadar ushbu ko‘chadagi 282 ta hovli-xonadonda hamda 16 ta ulgurji tashkilotda gaz taʼminoti vaqtinchalik to‘xtatiladi. Shundan:

 

  • novvoyxona — 4 ta;

  • umumiy ovqatlanish shoxobchasi — 7 ta;

  • ishlab chiqarish korxonasi — 5 ta.

 

«Hududgaz Poytaxt» taʼmirlash ishlari tufayli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun tabiiy gaz isteʼmolchilaridan uzr so‘raydi, deyiladi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика