1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Poytaxtning qator ko‘chalari vaqtincha yopiladi

Mazkur hududlarda davlat bayrog‘i qabul qilingan kunga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkaziladi.

Poytaxtning qator ko‘chalari vaqtincha yopiladi

 

Toshkent shahrining qator ko‘chalarida avtotransport vositalarining harakatlari vaqtincha cheklandi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 18 noyabr soat 09:00 dan 11:00 gacha qator ko‘chalarda harakat cheklanadi. Xususan:

 

  • Afrosiyob ko‘chasi — Islom Karimov shohko‘chasi kesishgan chorrahasi;

  • Olmazor ko‘chasi — Islom Karimov shohko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan;

  • Islom Karimov shohko‘chasi — Furqat ko‘chasi bilan kesishgan chorrahagacha.

 

«Haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanishlarini so‘rab qolamiz va noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz», — deyiladi xabarda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика