O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa hamda Favqulodda vaziyatlar vazirliklari tomonidan rejali o‘quv mashg‘uloti o‘tkazilishi munosabati bilan xalqaro ahamiyatdagi A-373 avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovonidan o‘tuvchi qismida (260-kilometrida) transport vositalarining harakati bugun soat 10:00 dan vaqtincha, qisqa muddatga cheklandi.
"Haydovchilardan tartibga soluvchilarning ishoralariga rioya etishlarini so‘raymiz", — deyiladi YHXBB xabarida.


