1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

Prezident Chirchiq shahridagi “Kimyogarlar” madaniyat saroyiga bordi

Shavkat Mirziyoyev Chirchiq shahridagi “Kimyogarlar” madaniyat saroyini borib ko‘rdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Prezident Chirchiq shahridagi “Kimyogarlar” madaniyat saroyiga bordi

 

 

Bu muassasa shaharning diqqatga sazovor maskanlaridan biri. 1958 yil foydalanishga topshirilgan binoning o‘zi bir tarixiy asar. O‘tgan yillar mobaynida bu yerdan ko‘plab isteʼdodli sanʼatkorlar yetishib chiqqan. 

 

Joriy yilda madaniyat saroyi taʼmirlandi. Bino va favvora asl holini saqlagan holda restavratsiya qilindi. Zamonaviy sovutish va isitish tizimi, ovoz kuchaytirish moslamalari o‘rnatildi. To‘garak xonalari zarur mebel va jihozlar bilan taʼminlandi. Shu tariqa, bu yer yana odamlarning, ayniqsa, yoshlarning sevimli maskaniga aylandi. Bugungi kunda “Besh tashabbus” doirasida tashkil etilgan to‘garaklarda 300 dan ziyod yoshlar shug‘ullanmoqda.  

 

Prezident bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi, mashg‘ulotlar jarayonini ko‘zdan kechirdi. 

 

Madaniyat saroyida 700 o‘ringa mo‘ljallangan konsert zali bor. Shu yerda o‘quvchilar kuy-qo‘shiqlar ijro etdi.

 

Davlat rahbari ularning o‘qish va ijodiga muvaffaqiyat tilab, ustozlariga minnatdorlik bildirdi. Mutasaddilarga madaniyat saroyi faoliyatini kengaytirish, to‘garaklar va ijodiy jamoalarni doimiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

 

Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning Toshkent viloyatiga safari yakunlandi, davlatimiz rahbari Toshkent shahriga qaytib keldi.

 

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida joylashgan IT akademiyasiga borgani xabar qilingandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика