"Faol tadbirkor" ko‘krak nishoni bilan O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirish, ish o‘rinlarini yaratish, innovasiyalar joriy qilish, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash, mahsulot va xizmatlarni eksport qilish, yetuk mutaxassislar tayyorlash hamda biznesdagi muvaffaqiyatlari va ijtimoiy faolligi bilan barchaga namuna bo‘layotgan tadbirkorlar taqdirlanadi.
"Faol tadbirkor" ko‘krak nishoni har yili 20 avgust – Tadbirkorlar kuni arafasida tantanali vaziyatda topshiriladi."Faol tadbirkor" ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar haqida har yili "Yilning ilg‘or tadbirkorlari" kitobi chop etib boriladi.
Shuningdek, Prezident farmoyishi bilan mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, tadbirkorlikni rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, innovasiyalarni joriy etish, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash, yetuk mutaxassislarni tayyorlashda alohida ibrat ko‘rsatayotgan 100 nafar tadbirkorlar "Faol tadbirkor" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Eslatib o‘tamiz, 22-avgust kuni Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazadi.


